Kessie «Roma»ning transfer maqsadlari ro'yxatiga kirdi
28 MART, 2026, 14:42
Saudiyaning «Al-Ahli» klubi yarim himoyachisi Frank Kessiega nafaqat «Yuventus», balki «Roma» ham qiziqish bildirmoqda.
Rimliklar ustozi Jan Pero Gasperini 29 yoshli ivuarlik futbolchini Kuadio Kone jamoani tark etgan taqdirda unga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Gasperini Kessi bilan «Atalanta»dagi birgalikdagi faoliyati orqali yaxshi tanish.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumidagi 21 ta o'yinda yarim himoyachi 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
