logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barsa» Ispaniya bilan muzokara o'tkazdi

 28 MART, 2026, 14:36

«Barselona» klubi Misr terma jamoasiga qarshi kechadigan o'rtoqlik uchrashuvi oldidan Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabiga murojaat yo'lladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi The Touchline sahifasi xabariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» Ispaniya tomonidan bo'lajak bahsda jamoa yulduzi Lamin Yamal xizmatidan to'liq foydalanmaslikni so'ragan. Kataloniya grandi Braziliya va Frantsiya (1:2) o'rtasidagi o'yinda Rafinya jarohat olganidan so'ng jiddiy xavotirga tushib qolgan. Eslatib o'tamiz, ushbu jarohat tufayli braziliyalik vinger besh haftaga safdan chiqdi.

Ispaniya va Misr terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv seshanba kuni, 31 martda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da start olishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ