Romano «Real»ning yozdagi ilk transferi haqida ma'lumot berdi
28 MART, 2026, 14:30
Italiya A Seriyasining «Komo» jamoasida to'p surayotgan argentinalik yarim himoyachi Nikolas Pas faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Insayderning ma'lumotlariga ko'ra, 21 yoshli yarim himoyachi yozgi transfer oynasida Madridning «Real» klubi uchun ilk xarid bo'lishi kutilmoqda. «Qirollik klubi»da futbolchini qayta sotib olish imkoniyati (optsiyasi) mavjud bo'lib, ayni damda bu summa 9 million evroni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda argentinalik futbolchining bozor qiymati 65 million evroga baholanmoqda. Pas va «Komo» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda A Seriyada yarim himoyachi 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 10 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
