logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» futbolchisi Angliya terma jamoasida jarohat oldi

 28 MART, 2026, 14:12

Juma oqshomida Angliya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Urugvayni qabul qildi. Birinchi bo'lim davomida, 38-daqiqadayoq «uch sherlar» ustozi Tomas Tuxel majburiy o'zgarishni amalga oshirdi. Vinger Noni Madueke jarohat olib, o'yinni davom ettira olmadi.

Uning o'rniga maydonga Jarrod Bouen tushdi. Angliya terma jamoasi tarkibidagi ushbu almashtirish «Uembli» stadionida hisob 0:0 bo'lib turgan vaqtda yuz berdi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Klub miqyosida Noni Madueke Londonning «Arsenal» jamoasi sharafini himoya qiladi. Ushbu mavsumda Madueke «kanonirlar» safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ettita gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'yishga ulgurgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ