logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

FIFA Marokash terma jamoasiga bir yo'la 7 nafar futbolchini mahalliylashtirishga ruxsat berdi

 28 MART, 2026, 14:00

Marokash terma jamoasi o'z tarkibiga avval boshqa mamlakatlarning yoshlar va o'smirlar terma jamoalarida o'ynagan bir nechta futbolchilarni jalb qilish uchun FIFAdan ruxsat oldi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Mahalliylashtirilgan 7 nafar futbolchi orasida «Fulxem»ning 29 yoshli himoyachisi, ilgari Frantsiya yoshlar terma jamoasida o'ynagan Issa Diop, «Ayaks»ning yosh iqtidori Rayan Bundida hamda ilgari Belgiya yoki Niderlandiya sharafini himoya qilgan yana bir necha o'yinchilar bor.

Ushbu futbolchilarning barchasi marokashlik ildizlarga ega. FIFA qoidalariga ko'ra, agar futbolchi asosiy terma jamoa safida rasmiy o'yinlarda maydonga tushmagan bo'lsa, terma jamoasini o'zgartirish huquqiga ega.

Ma'lumot uchun, o'tgan yilning mart oyidan beri Marokash jami 16 nafar mahalliylashtirilgan futbolchini o'z safiga jalb etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ