logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Bastoni transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi

 28 MART, 2026, 13:54

«Barselona» «Inter» markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni bilan muzokaralar olib bormoqda.

Kataloniya grandi vakillari 26 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan shartnoma shartlarini muhokama qilish uchun bog'lanishdi, deb xabar beradi nufuzli insayder Fabritsio Romano. Qayd etilishicha, «ko'k-anorranglilar» bu masalaga «o'ta jiddiy» yondashmoqda.

«Barselona» Bastoni bo'yicha kelishuvga o'z himoyachisi Jerar Martinni kiritishi dargumon, vaholanki, mish-mishlarga ko'ra, «neradzurri» unga da'vogarlik qilmoqda. Hozircha «Inter» italiyalik futbolchining sotuvidan qancha ishlab olmoqchi ekanligi noma'lum, biroq so'rov ancha yuqori bo'lishi kutilmoqda. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 70 million evro etib belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ