logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» Yann Zommerga yangi shartnoma taklif qilmoqchi, ammo yangi rol bilan

 28 MART, 2026, 13:48

«Milan»ning «Inter» klubi darvozaboni Yann Zommer jamoada qolishi mumkin. Shveytsariyalik posbonning amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi va avvalroq «neradzurrilar» kelishuvni uzaytirish niyatida emasligi xabar qilingandi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, «Inter» 37 yoshli darvozabonga yana bir yil klubda qolishni taklif qilishga qaror qilgan, biroq endi zaxira darvozaboni rolida. Yangi «birinchi raqamli» posbon katta ehtimol bilan yozgi transfer oynasida sotib olinadi — asosiy nomzod sifatida «Tottenxem» a'zosi Gulelmo Vikario ko'rilmoqda.

Yann Zommer joriy mavsumda 38 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan jami 35 ta gol olib chiqdi va 18 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ