logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bu dahshatli xabar»: Argentina ustozi nima uchun Panichellining jarohati jamoaga ta'sir qilganini tushuntirdi

 28 MART, 2026, 13:36

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni hujumchi Xoakin Panichellining jarohati haqida fikr bildirdi.

Yaqindagina «Strasburg» forvardi tizzasidagi xochsimon bog'lamlari uzilishi sababli Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgan edi.

«Panichellining jarohati bizga kuchli emotsional ta'sir ko'rsatdi. Buni qabul qilish oson bo'lmadi. Balki, bu hatto o'yinimizga ham ta'sir qilgandir. Bu juda mahzun xabar, hech kimga tilab bo'lmaydigan dahshatli voqea. Xoakin juda yaxshi shug'ullanayotgan edi. Men uni qo'llab-quvvatlayman va unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman», — dedi Skaloni Mavritaniya ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) keyingi matbuot anjumanida.

1 aprel kuni «albiseleste» ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi — raqib Zambiya terma jamoasi bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ