logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Skaloni: «Argentina o'z o'yinini yaxshilashi kerak»

 28 MART, 2026, 13:30

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Mavritaniyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidagi (2:1) jamoa o'yinini tanqid qildi.

Amaldagi jahon chempionlari uchun ushbu bahs kutilganidek oson kechmadi. Birinchi bo'limda Entso Fernandes va Nikolas Pas gol urishgan bo'lsa, mavritaniyaliklar o'yin so'ngida bitta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

«Biz ikkinchi bo'limda ham, birinchisida ham yomon o'ynadik. Jamoa ochiqchasiga kuchsiz harakat qildi va men bu haqda ochiq gapirishim kerak. Biz ishlashimiz va vaziyatni tuzatishimiz zarur. Yaxshiyamki, bu holat hozir, hamma narsani o'zgartirish uchun vaqtimiz borligida yuz bermoqda. Gap xotirjamlikka berilishda deb o'ylamayman. Ishlashda davom etamiz», — deya Skalonining so'zlarini keltirmoqda AlbicelesteTalk.

Mavritaniya terma jamoasi FIFA reytingida 115-o'rinni egallab turibdi. 1 aprel kuni argentinaliklar qog'ozda ancha kuchliroq raqib — 91-o'rindagi Zambiya bilan kuch sinashadilar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ