Arauxo Rafinyaning jarohatiga munosabat bildirdi
28 MART, 2026, 13:06
«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo jamoadoshi Rafinya Diasning jarohati borasida o'z fikrini bildirdi.
Vinger Braziliya terma jamoasi safida Frantsiyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, «ko'k-anorranglilar» yulduzi taxminan besh haftani o'tkazib yuboradi.
«Rafinyaning jarohat olgani juda afsulanarli. U biz uchun qanchalik muhim ekanligini hamma biladi. Biroq, yakunda biz professionalmiz va nafaqat klub, balki o'z terma jamoalarimiz uchun ham maydonga tushamiz», — deya urugvaylik Arauxoning so'zlarini keltirmoqda BarcaTimes.
Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Atletiko»ga qarshi bahslarda Rafinya xizmatidan foydalana olmaydi. Umumiy hisobda «ko'k-anorranglilar» hujum chizig'i etakchisi sakkiz-to'qqizta o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
