logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nikolas Pas Argentina safida ilk golini urdi

 28 MART, 2026, 13:06

«Komo» yarim himoyachisi Nikolas Pas Argentina terma jamoasidagi debyut golini urdi. 21 yoshli futbolchi Mavritaniya terma jamoasiga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvining 32-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

Amaldagi jahon chempionlari bahsda 2:1 hisobida g'alabaga erishishdi, biroq Pas uchun bu kun uzoq vaqt xotirada qoladigan bo'ldi — u «albiseleste» safidagi ettinchi o'yinida ilk golini kiritdi. Tanaffusda Lionel Skaloni yosh yulduzni Lionel Messiga almashtirdi.

Kelayotgan yozda Nikolas Pas o'zi uchun qadrdon bo'lgan Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkin: eslatib o'tamiz, «qaymoqranglilar» o'z tarbiyalanuvchisini atigi 8 million evro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega, vaholanki uning bozor qiymati Transfermarkt bahosiga ko'ra 65 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ