logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nesta mojaro markazida qolgan Bastonining yonini oldi

 28 MART, 2026, 13:00

Italiya futboli afsonasi va sobiq himoyachisi Alessandro Nesta «Inter» hamda «Yuventus» o'rtasidagi bahsda yuz bergan voqeadan so'ng tanqidlar ostida qolgan Alessandro Bastonini qo'llab-quvvatladi.

«Neradzurrilar» futbolchisi o'sha vaziyatda yiqilishni bo'rttirib ko'rsatib, Per Kalyulyuning maydondan chetlatilishiga sabab bo'lgan edi. Kristian Kivu shogirdlari esa ko'pchilik bo'lib qolgach, 3:2 hisobidagi g'alabani ilib ketishgandi. Fevral oyi o'rtalarida bo'lib o'tgan ushbu o'yindagi harakati uchun ko'pchilik haligacha Bastonini kechira olmayapti.

«Hamma Bastonini simulyatsiya ishlatgani uchun tanqid qilmoqda, men esa uni qo'llab-quvvatlamoqchiman. Hammamiz simulyatsiya qilganmiz — hatto men ham! Ha, men tashqaridan juda halol o'yinchi bo'lib ko'ringandirman, lekin o'z vaqtida bir necha bor simulyatsiya ishlatganman. Shuning uchun Bastonini bu ishi uchun ayblamoqchi emasman», — dedi Nesta Sky Sport bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, seshanba kuni Italiya terma jamoasi JCh-2026 yo'llanmasi uchun o'tish o'yinlari finalida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ