logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Suares Madridda o'zining yangi restoratini ochganini e'lon qildi

 28 MART, 2026, 12:54

«Barselona»ning sobiq hujumchisi Luis Suares o'zining Chalito restoranlar tarmog'ini kengaytirdi. Navbatdagi maskan Ispaniya poytaxtida o'z eshiklarini ochdi.

«Biz Madridning qoq markazida ilk restoranimizni ochdik. Ishonish qiyin, deyarli 10 yil avval hammasi Barselonaning Rambla ko'chasidagi birinchi Chalito bilan boshlangan edi. Bugun esa xuddi o'sha ilk kundagidek hayajonni his qilmoqdamiz. Ushbu yo'lda biz bilan birga bo'lgan barchaga rahmat», — deb yozdi urugvaylik yulduz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Hozirda Luis Suares «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda, uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning dekabrigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ