logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» Kvaratsxeliyani jamoaning daxlsiz futbolchilari qatoriga qo'shdi

 28 MART, 2026, 12:48

Futbol jurnalisti Nikolo Skira Gruziya terma jamoasi vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning «PSJ»dagi kelajagi borasidagi insaydlari bilan o'rtoqlashdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Parij top-klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida yarim himoyachi bilan xayrlashish niyatida emas. «PSJ» Xvichani jamoaning asosiy va hal qiluvchi futbolchilaridan biri sifatida belgilab olgan.

Avvalroq matbuotda Kvaratsxeliyani sotib olishga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yarim himoyachining transfer narxi 90 million evroni tashkil qiladi. Gruziyalik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ