logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real"ning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

 28 MART, 2026, 10:24

Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior «qaymoqranglilar»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi. Tegishli ma'lumot Ispaniya jamoasining rasmiy saytida e'lon qilindi.

Braziliyalik vinger ovoz berish jarayonida boshqa nomzodlar — himoyachilar Din Xyoysen va Antonio Ryudiger, shuningdek, yarim himoyachilar Federiko Valverde hamda Orelen Tchuamenini ortda qoldirdi.

Joriy oyda Vinisius oltita uchrashuvda maydonga tushib, to'rtta gol va ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ