Ispaniya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Serbiyani yirik hisobda mag'lub etdi
28 MART, 2026, 08:00
Ispaniya va Serbiya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi. Vilyarreal shahridagi «Keramika» stadionida o'tgan bahsni portugaliyalik hakam Luish Godinyu boshqardi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisobni 16-daqiqada mezbonlar hujumchisi Mikel Oyarsabal ochdi. 44-daqiqada u dublni rasmiylashtirdi. 72-daqiqada esa Viktor Munos mehmonlar darvozasiga uchinchi golni kiritib, yakuniy hisobni o'rnatdi — 3:0.
Ispaniya terma jamoasi 2026 yil yozida AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Evropa saralash bosqichi yakunlariga ko'ra, ispaniyaliklar E guruhida 16 ochko bilan birinchi o'rinni egalladi. Serbiya esa K guruhida 13 ochko bilan uchinchi o'rinni band etib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
O'rtoqlik uchrashuvi
27 mart 2026 yil, juma.
Ispaniya — Serbiya - 3:0
Gollar: 1:0 — Oyarsabal (16), 2:0 — Oyarsabal (44), 3:0 — Munos (72)
