logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rodri APLning ayni paytdagi eng yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi

 28 MART, 2026, 07:42

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Angliya Premer-ligasining ayni paytdagi eng yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi.

«Men uchun hozir bu — Brunu Fernandesh. Raqamlar bor, o'yinga ta'siri bor. U jamoasi uchun hamma ishni qiladi. Odamlar doim sovrinlarga qaraydi, lekin o'yinlarni kuzatsangiz, uning qanchalik muhim ekanini tushunasiz. Gollar, uzatmalar, etakchilik… u hamma joyda», — deya Rodrining so'zlarini «shaharliklar» matbuot xizmati keltiradi.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh joriy mavsumda barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 17 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ