«Manchester Siti» va «Arsenal» shotland iqtidori uchun kurashga qo'shildi
27 MART, 2026, 23:12
«Manchester Siti» va «Arsenal» «Xarts» klubining 17 yoshli yarim himoyachisi Alfi Osbornga qiziqish bildirayotgan jamoalar qatoriga kirdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Har ikki klub skautlari Shotlandiya va Italiya o'rtasidagi 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionati saralash bosqichi doirasidagi o'yinga tashrif buyurishdi. Mazkur bahs shotlandiyaliklarning 0:3 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Transfer kelishuvi 250 000 funt sterlingdan kamroq mablag' evaziga amalga oshishi mumkin.
«Xarts» Alfi Osbornni o'z safida saqlab qolmoqchi, biroq futbolchining o'zi shu yozdan keyin jamoada qolishni rejalashtirmayapti.
