O'zbekiston U-23 Rossiyaga mag'lub bo'ldi
27 MART, 2026, 21:30
Rossiya U-21 Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston U-23 ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Rossiyaliklar safida 1-daqiqadayoq Andrey Ivlev hisobni ochgan bo'lsa, 61-daqiqada Gleb Popolitov gol muallifiga aylandi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan esa birinchi bo'lim yakunida Firdavs Abduraxmonov o'z ismini tabloga yozdirib qo'ydi.
