logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

FIFA Series. O'zbekiston Gabon ustidan irodali g'alabaga erishdi

 27 MART, 2026, 21:00

O'zbekiston terma jamoasi FIFA Series doirasida Gabonga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

O'yinda mehmonlar 6-daqiqada Teddi Averlant tomonidan urilgan gol evaziga oldinga chiqib olishdi. 13-daqiqada Eldor Shomurodov Aziz G'anievning standartdan uzatgan uzatmasini golga aylantirdi.

59-daqiqada vakillarimiz yana bir golni standartdan so'ng kiritishdi. Jahongir O'rozov gol muallifi.

90+4-daqiqada Alisher Odilov qarshi hujum orqali o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi - 3:1.

Fabio Kannavaro shogirdlari 30 mart kuni Venesuela bilan to'qnash keladi.

FIFA Series

27.03.2026 | Toshkent «Bunyodkor» stadioni

O'ZBEKISTON — GABON — 3:1

Gollar: Teddi Averlant 6 (0:1), Eldor Shomurodov 13 (1:1), Jahongir O'rozov 59 (2:1), Alisher Odilov 90+4 (3:1)

O'zbekiston: O'tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov (Behruz Karimov, 76), Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov (Umarali Rahmonaliev, 90+2), Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 76), Aziz G'aniev (Doston Hamdamov, 76), Oston O'runov (Alisher Odilov, 76), Sherzod Nasrullaev (Farruh Sayfiev, 90+2), Eldor Shomurodov (Igor Sergeev, 88), Umar Eshmurodov, Jahongir O'rozov.

Gabon: Fransua Bekale, Nze Bagnama (Noa Lemina, 82), Yoxan Obiang, Teddi Averlant (Edlin Matouti, 82), Urie Mbula, Shevi Babika, Omfia Mik, David Sambissa (Ben Kabinambele, 46), Jeremi Oyono, Dide Ndong.

Ogohlantirish: Kanga (69).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ