"Inter" Tyuramning narxini ma'lum qildi
27 MART, 2026, 18:42
«Inter» klubi hujumchi Markus Tyuram borasida bir qarorga keldi.
Italiya grandi futbolchi bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Milanliklar Tyuram sotuvidan kamida 70 million evro ishlab olmoqchi. Hozirda hujumchining xizmatlariga Angliya Premer-ligasi klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Markus Tyuram «Inter» safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda napadayushiy 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
