logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real"dan ketmoqchi bo'lgan yana bir futbolchi nomi ma'lum bo'ldi

 27 MART, 2026, 17:06

«Real Madrid» yarim himoyachisi Dani Sebalos yozgi transfer oynasida jamoani tark etishga qaror qildi.

Marca nashrining yozishicha, futbolchining kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani, maydondagi beqarorligi va tez-tez jarohat olishi vaziyatni «orqaga yo'l yo'q» nuqtasiga olib kelgan. 29 yoshli ispaniyalik futbolchining «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. «Madrid» uni tekinga qo'yib yubormoqchi emas va munosib taklif kutmoqda.

Yarim himoyachi hamon «Betis»ni o'zi uchun asosiy variant deb hisoblaydi. Biroq transferning amalga oshishi moliyaviy shartlar, maoshlar limiti va «qaymoqranglilar»ning oqilona tovon puliga rozi bo'lishiga bog'liq bo'ladi.

Hozirda futbolchi fevral oyi oxirida olgan jarohatidan so'ng maydonga qaytishga e'tibor qaratgan. So'nggi haftalarda Dani umumiy guruh mashg'ulotlarida qisman ishtirok eta boshladi, ammo uning sog'ayishi jamoadagi roli o'zgarishiga kafolat bermaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ