"Chelsi" "Man Siti" yulduzini qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi
27 MART, 2026, 17:00
«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki Angliya Premer-ligasining boshqa bir grand klubi qiziqishlar doirasiga tushdi. Transfer News Live akkaunti bergan ma'lumotlarga ko'ra, 22 yoshli frantsuz futbolchisini o'z safiga qo'shib olishni Londonning «Chelsi» klubi istamoqda.
Sherkining transfer qiymati 65 million evroga baholanmoqda. Yarim himoyachining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Rayan Angliya chempionatining joriy mavsumida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Frantsuz futbolchisi o'z hisobiga 3 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Sherki 2025 yilning yozida «Lion» klubidan «Manchester Siti» safiga kelib qo'shilgan edi.
