logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ekitike Mbappe bilan o'rtasidagi aloqa qanday ekanligini aytib berdi

 27 MART, 2026, 16:54

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Ugo Ekitike o'zining jamoadoshi va vatandoshi Kilian Mbappe haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Mbappe bilan maydonda bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. U menga erkin o'ynashimni aytdi va men bundan zavq oldim. Biz «PSJ»da ham birga ko'p vaqt o'tkazganmiz!» — deya Ekitikening so'zlarini keltiradi mashhur jurnalist Fabritsio Romano.

Eslatib o'tamiz, 26 mart kuni Frantsiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Braziliya ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Frantsuzlar tarkibida gollarga aynan Mbappe va Ekitike mualliflik qilishdi.

Dide Desham shogirdlari navbatdagi uchrashuvni yakshanba kuni, 29 martda Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ