logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Inter" "Liverpul"dagi italyan futbolchisini ijaraga olmoqchi

 27 MART, 2026, 16:48

«Liverpul» himoyachisi Jovanni Leoni Italiyaga qaytishi mumkin.

Corriere dello Sport nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Inter» yosh futbolchini o'z safiga qo'shib olish variantini yana ko'rib chiqmoqda. Milan klubi o'tgan yozdayoq ushbu transferni amalga oshirmoqchi edi, biroq Leoni faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishni tanlagan. Endilikda «neradzurrilar» himoyachini «qizillar»dan ijaraga olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning sentyabr oyida Leoni oldingi krestsimon boylamlaridan jarohat olib, operatsiya qilingan edi. Himoyachi «Liverpul» safida faqatgina Liga Kubogi doirasidagi bitta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi. Uning maydonga qaytishi shu yilning sentyabr oyiga kutilmoqda. «Liverpul» Leoni transferi uchun «Parma»ga 31 million evro to'lagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ