logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rayan Giggz faoliyatidagi eng qiyin raqiblaridan birini aytdi

 27 MART, 2026, 16:42

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz «Chelsi»ning sobiq himoyachisi Branislav Ivanovichni faoliyatidagi eng qiyin raqiblardan biri sifatida e'tirof etdi.

«2000-yillarda «Chelsi»da Ivanovich paydo bo'ldi. U juda agressiv edi va ba'zida markaziy himoyachi pozitsiyasida o'ynashiga qaramay, oldinga o'tishni xush ko'rardi. U jismoniy jihatdan juda kuchli edi va tavakkal qilishni yaxshi ko'rardi. To'pni qabul qilib olishim bilan u darhol yonimda paydo bo'lardi, agar to'pni olib qo'ya olmasa, meni maydonga yiqitardi. Shu sababli «Chelsi»ga qarshi o'ynash doim juda qiyin bo'lgan», — deya Giggzning so'zlarini keltiradi Chelsea Chronicle.

Branislav Ivanovich 2008 yildan 2017 yilgacha «Chelsi» sharafini himoya qilgan. U londonliklar safida jami 377 ta o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ