logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" Noyer o'rniga kimni olib kelmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi

 27 MART, 2026, 16:36

«Bavariya» darvoza chizig'i uchun transfer rejalarini belgilab oldi.

Jurnalist Kristian Falkning ma'lumotlariga ko'ra, agar Manuel Noyer joriy mavsum yakunida faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, Myunxen klubi «Xoffenxaym»ning 35 yoshli posboni Oliver Bauman variantini ko'rib chiqadi. Rejaga ko'ra, Yonas Urbig «Bavariya»ning asosiy darvozaboniga aylanadi, Bauman esa ikkinchi raqamli posbon vazifasini bajaradi. Hozircha tajribali darvozabonning bunday rolga rozi bo'lish-bo'lmasligi noma'lum.

Oliver Bauman 2014 yilda «Frayburg»dan «Xoffenxaym»ga 5 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda darvozabon 29 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 41 ta to'p olib chiqdi va 7 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ