"Chelsi" yangi murabbiy izlamoqda
27 MART, 2026, 16:24
«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor londonliklar rahbariyati tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanayotgani haqidagi xabarlarga qaramay, joriy mavsum yakunida o'z lavozimini tark etishi mumkin.
Indykaila News bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Chelsi» rahbariyatidagi ayrim shaxslar keyingi mavsumda jamoani boshqa murabbiy boshqarishi kerak deb hisoblashmoqda. Ular Rosenorning ish uslublari kutilgan natijani bermayapti degan fikrda. Shu sababli «ko'klar» allaqachon yangi bosh murabbiy qidirishni boshlab yuborishgan.
Liam Rosenor shu yilning yanvar oyida londonliklar bilan 2032 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi. Ayni damda «Chelsi» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 31 turdan so'ng 48 ochko bilan oltinchi o'rinni egallab turibdi va kelasi mavsumda Chempionlar ligasi yo'llanmasidan quruq qolish xavfi ostida qolmoqda.
