logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" Levandovskini tahlil qiladi

 27 MART, 2026, 16:24

«Yuventus» klubi «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Turin klubi futbolchining yaqinlari bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazib ulgurgan. Endilikda «Yuventus» hujumchining jismoniy holati, o'yini va motivatsiyasini o'rgangan holda, uning salohiyatini yanada chuqurroq tahlil qilmoqchi.

Robert Levandovski 2022 yilda «Bavariya»dan «Barselona»ga 45 million evro evaziga o'tgan edi. Uning «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ