logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Chalxano'g'li Turkiya terma jamoasida jarohat oldi

 27 MART, 2026, 14:30

Turkiya terma jamoasi JCh-2026 yo'llanmasi uchun kechgan pley-off bahsida Ruminiya milliy jamoasi bilan to'qnash keldi. Turklar ushbu uchrashuvda 1:0 hisobida minimal g'alabani qo'lga kiritishdi.

Football-Italia nashri xabariga ko'ra, yarim himoyachi Xakan Chalxano'g'li mazkur o'yinda jarohat oldi. Olgan jarohati sababli xavbek uchrashuvni oxirigacha etkaza olmadi va so'nggi daqiqalarda zaxiraga olindi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida 32 yoshli yarim himoyachi Milanning «Inter» klubi safida 19 ta o'yinda maydonga tushgan. Xakan o'z hisobiga 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.

Yarim himoyachining «neradzurrilar» bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 18 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ