logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pavlovich "Bavariya" va "Manchester Siti" o'rtasida tanlov qildi

 27 MART, 2026, 14:12

«Bavariya»ning 21 yoshli yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti»ning qiziqishlar doirasiga tushdi. Bayern Space akkaunti tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, ingliz grandi futbolchi uchun taxminan 110 million evro to'lashga tayyor bo'lgan.

Biroq Pavlovich «Manchester Siti»ga o'tish bo'yicha muzokaralar olib borishni istamadi. U Myunxendagi faoliyatini davom ettirish maqsadida inglizlarning taklifini rad etdi.

Transfermarkt portali yosh yarim himoyachini 75 million evroga baholamoqda. Futbolchi va «Bavariya» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Bundesliganing joriy mavsumida xavbek 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ