logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kazemiro Anchelottining Neymarni qaydnomaga kiritmaslik qaroriga munosabat bildirdi

 27 MART, 2026, 13:48

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro «Santos» hujumchisi Neymarni Braziliya terma jamoasi tarkibida ko'rishni istashini tan oldi.

34 yoshli hujumchi «pentakampeonlar»ning navbatdagi yig'inini o'tkazib yubormoqda — bosh murabbiy Karlo Anchelotti uni tarkibga jalb etmadi.

«Men Neymarning muxlisiman va uni Ronaldu hamda Messi bilan bir qatorda avlodimizning eng yaxshi uch nafar futbolchisidan biri deb hisoblayman. Uni terma jamoaga chaqirish yoki chaqirmaslikni men hal qilmayman, lekin u eng yaxshi sport formasida bo'lganida dunyoning eng zo'rlaridan biri bo'lib qolaveradi. Hammasi Anchelotti, Neymarning o'zi va «Santos»ga bog'liq. Biz uning mahorati shubha tug'dirmasligini va u istalgan terma jamoani kuchaytira olishini bilamiz», — deya Kazemironing so'zlarini keltiradi Topskills Sports UK.

Eslatib o'tamiz, payshanba kuni braziliyaliklar o'rtoqlik uchrashuvida Frantsiya terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ