logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» futbolchilari Laportaning prezidentlik saylovidagi g'alabasidan xursand bo'lishdi

 27 MART, 2026, 13:36

«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo klub prezidenti Joan Laporta haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Joan Laporta prezident bo'lishdan avval ham «Barselona»ning ashaddiy muxlisi bo'lgani ko'rinib turadi. U bizga juda yaqin va muhtoj bo'lganimizda doimo muloqot uchun ochiq. Uning «Barselona»ga bo'lgan ishtiyoqi naqadar kuchli ekanini sezish qiyin emas. Unda doimiy ravishda g'alabaga bo'lgan intilish bor. Biz uchun u juda muhim shaxs va uning klubda qolishidan barchamiz xursandmiz, chunki u kiyinish xonasida bizni katta miqyosda qo'llab-quvvatlaydi», — deya Olmoning so'zlarini keltiradi BarçaTimes.

Eslatib o'tamiz, mart oyi o'rtalarida Laporta «Barselona»dagi prezidentlik saylovlarida g'olib chiqdi va o'z lavozimini saqlab qoldi.

Olmo joriy mavsumda barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ