logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi»ning sotilmaydigan futbolchisi nomi ma'lum bo'ldi

 27 MART, 2026, 12:06

Hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer «Chelsi»da «daxlsiz» maqomiga ega. Kelayotgan yozda futbolchini sotib olishga urinadigan har qanday klub shunchaki vaqtini behuda sarflagan bo'ladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobsga tayanib The Touchline nashri xabar bermoqda.

23 yoshli Koul Palmerning «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchini 110 million evroga baholamoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Palmer 25 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Hozirda «Chelsi» Premer-liga turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi va Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmaslik xavfi ostida qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ