logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" Bastoniga yaxshigina maosh to'lashga tayyor

 27 MART, 2026, 10:24

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni «Barselona»ga o'tishga qiziqish bildirmoqda.

26 yoshli futbolchi Kataloniya klubida to'p surish imkoniyatidan mamnun va boshqa takliflarni ko'rib chiqmayapti, deb xabar bermoqda Sportitalia. Hozirda italiyalik futbolchi yiliga taxminan 7 mln evro maosh olmoqda, biroq «Barsa» unga bundan ham salmoqliroq ish haqi taklif qilishga tayyor. Shu bilan birga, manbaning aniqlik kiritishicha, «Inter» bilan muzokaralar hali boshlanmagan.

Alessandro Bastoniga da'vogarlar orasida Angliyaning «Liverpul» klubi ham tilga olingan edi. Transfermarkt portali «neradzurrilar» yulduzining qiymatini 70 mln evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ