logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arman Carukyanga UFC’da raqib va jang sanasi belgilandi

 27 MART, 2026, 10:16

UFC engil vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan o'zining navbatdagi jangi qachon o'tkazilishi va raqibi kim bo'lishini bilib oldi.

Bu haqda sport sharhlovchisi Laerte Vianaga bergan intervyusida rossiyalik yakka kurashchining murabbiyi Markos "Parrumpinya" Da Matta malum qildi.

"Janob Parrumpinya bugun menga Arman Carukyanning oktagonga qaytish sanasi va raqibi borligini aytdi. Muammo shundaki, u ismni aytishdan bosh tortdi, lekin raqib aniq ekan, jang yozda", - deb yozdi muxbir ijtimoiy tarmoqda.

Arman Carukyan shu hafta oxirida Tampada bo'lib o'tadigan RAF 7 kurash turnirida ishtirok etadi. U oqshomning asosiy bellashuvida amerikalik Jorjio Pulas bilan revansh jangini o'tkazadi.

Arman UFC’dagi so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazib, yangi zelandiyalik Den Xukerni ikkinchi raundda qo'l uchburchagi usulida bo'g'ib qo'ygan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ