logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Birinchi ligada 29 jamoa uch mintaqaga bo'lingan holda kurash olib boradi

 27 MART, 2026, 09:48

O'tgan mavsumda ham Liga musobaqa uchun shu formatdan foydalangandi. Farqli jihati, unda qatnashchilar soni 30 tani tashkil qilgandi. Joriy mavsum jamoalar sonidagi o'zgarish sabablari mana shu havolada bayon qilingan.

Geografik jihatdan G'arbiy mintaqa nisbatan kattaroq ekanligidan kelib chiqib, unda 9 jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. Hozircha mazkur mintaqada to'p tepadigan etti jamoaning nomi ma'lum. Yana ikki ishtirokchi nomi qur'a yordamida aniqlik kiritib olinadi. Mazkur ikki jamoa Samarqand viloyatidan bo'ladi.




Markaziy mintaqada o'ynaydigan to'rt jamoa aniq. Beshinchi jamoa Samarqand viloyatidan bo'ladi. Shuningdek, Toshkent shahrining yana besh jamoasi qur'a natijasidan kelib chiqib, mazkur mintaqadan joy oladi.




Sharqiy mintaqada to'p tepuvchi etti jamoa bor. Qolgan uch ishtirokchi Toshkent shahridan bo'ladi.




Ertaga — 27-mart kuni soat 11:00 da qur'a yordamida mintaqalar to'liq shakllantirilishi rejalashtirilgan. Yuqorida ta'kidlanganidek va quyidagi suratda ko'ringanidek, Toshkentning sakkiz hamda Samarqandning uch jamoasi qaysi mintaqada ishtirok etishiga aniqlik kiritiladi. Mazkur jarayon 5 daqiqadan uzoq davom etmaydi.




31-mart sanasida esa Birinchi liganing 2026-yilgi mavsumi taqvimiga qur'a tashlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ