Italiya terma jamoasi Jennaro Gattuzo qo'l ostida 7 o'yindan 6 tasida g'alaba qozondi
27 MART, 2026, 06:36
Italiya terma jamoasi JCh-2026 saralashining pley-off yarim finalida Shimoliy Irlandiya ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Gattuzo iyun oyida Italiya terma jamoasi boshqaruviga kelgan edi. Uning qo'l ostida jamoa 7 ta o'yin o'tkazib, shulardan 6 tasida g'alabaga erishdi va faqat saralash bosqichi guruh bosqichining so'nggi turida Norvegiyaga (1:4) imkoniyatni boy berdi.
Pley-off finalida Italiya terma jamoasi Bosniya va Gertsegovina bilan kuch sinashadi.
