logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Moyze Kin Italiya terma jamoasida 36 yillik rekordni takrorladi

 27 MART, 2026, 06:30

Italiya terma jamoasi hujumchisi Moyze Kin milliy jamoa safida qatorasiga 5-o'yinda gol urdi.

«Fiorentina» hujumchisi JCh-2026 saralash bosqichi pley-off yarim finali doirasida Shimoliy Irlandiyaga qarshi kechgan bahsning 80-daqiqasida o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Bundan avval Kin JCh saralashining guruh bosqichida Estoniya bilan bo'lgan ikkita o'yinda gol urgan va Isroil darvozasiga dubl qayd etgan edi. Ungacha esa Millatlar ligasi doirasida Germaniya bilan bahsda ham dublga erishgandi.

Italiya terma jamoasi safida ketma-ket 5 ta o'yinda gol urishga muvaffaq bo'lgan oxirgi futbolchi Salvatore Skillachi edi (1990 yilning iyun-iyul oylarida).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ