logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026 qit'alararo o'tish o'yini. Boliviya Surinam bilan bahsda 7 daqiqa ichida o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi

 27 MART, 2026, 06:12

Boliviya terma jamoasi JCh-2026 qit'alararo o'tish o'yinida Surinam ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv Meksikadagi «BBVA» stadionida bo'lib o'tdi.

O'yinning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'lim boshida surinamlik himoyachi Liam van Gelderen hisobni ochdi. Biroq uchrashuv yakunida boliviyaliklar 7 daqiqa ichida ikkita gol urib, g'alabani ilib ketishdi — Moyses Paniagua va Migel Terseros o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishdi.

JCh-2026 qit'alararo saralash bosqichining finalida Boliviya Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu hal qiluvchi bahs 31 mart kuni Monterrey shahrida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ