Peti Dembeleni qattiq tanqid qildi
27 MART, 2026, 06:12
Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan (2:1) so'ng frantsuzlar hujumchisi Usmon Dembelening o'yinini tanqid qildi.
«Usmon — «Oltin to'p» sohibi, Chempionlar ligasi g'olibi, ammo u shunchaki ko'pchilik futbolchilardan biridek taassurot qoldirmoqda», — dedi Peti RMC Sport radiosi efirida.
Braziliyaliklarga qarshi bahsda 28 yoshli frantsuz bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Umuman olganda, joriy mavsumda Dembele klub miqyosidagi 29 ta o'yinda 12 ta gol va 8 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
