logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Atletiko" Alvares "Barselona"ga ketmasligi uchun unga 10 mln evrodan ko'proq to'lashga tayyor

 26 MART, 2026, 23:12

Madridning «Atletiko» klubi hujumchi Xulian Alvaresni boshqa jamoalarga, xususan, unga qiziqish bildirayotgan «Barselona»ga o'tib ketishining oldini olish maqsadida yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda Sport.es nashri Marcaga tayanib xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, «matraschilar» argentinalik forvardni darvozabon Yan Oblak bilan bir qatorda jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishi mumkin. Avvalroq OAVda darvozabonning maoshi yiliga taxminan 20 million evroni tashkil qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, «Atletiko» Alvares bilan amaldagi kelishuvni yana bir yoki ikki yilga uzaytirishni maqsad qilgan. Bunda hujumchining yillik maoshi 10 million evrodan ortiq bo'lishi ko'zda tutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ