Artetaning yangi nishoni nomi ma'lum bo'ldi
26 MART, 2026, 23:12
Mikel Arteta «Arsenal» rahbariyatidan «Sanderlend» yarim himoyachisi Entso Le Feni sotib olishni so'radi.
Ispaniyalik murabbiy ushbu futbolchini «yarim himoyani kuchaytirish uchun ustuvor maqsad» deb hisoblamoqda. Arteta ayniqsa Le Fening texnik imkoniyatlarini va to'p bilan muomala qilish mahoratini yuqori baholaydi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, bu fazilatlar uning o'yin g'oyasiga to'liq mos keladi.
Taxminlarga ko'ra, transfer summasi taxminan 50 million evroni tashkil qilishi mumkin. Joriy mavsumda Entso Le Fe «Sanderlend» safida 34 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda futbolchi 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
