logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Garnacho jazolandi

 26 MART, 2026, 22:54

«Chelsi» vingeri Alexandro Garnacho yo'l harakati qoidalarini buzgani uchun jazolandi.

O'tgan yilning yozida videokuzatuv kamerasi Audi RS3 boshqaruvida bo'lgan futbolchi 40 mil/soat cheklov o'rnatilgan hududda 50 mil/soat tezlikda harakatlanganini qayd etgan. Ushbu hodisa 26 avgust kuni — argentinalik futbolchining «Manchester Yunayted»dan «Chelsi»ga o'tishidan bir necha kun oldin sodir bo'lgan.

Liverpul magistrat sudida Garnacho o'z advokatlari orqali tezlikni oshirganini tan oldi va uzr so'radi. Tinchlik sudyasi Jeyn Xeyns futbolchiga 660 funt sterling miqdorida jarima soldi va 120 funt sud xarajatlarini to'lash majburiyatini yukladi. Shuningdek, futbolchining haydovchilik guvohnomasiga uchta jarima balli yozildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ