A Seriyada mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar e'lon qilindi
26 MART, 2026, 22:54
«Yuventus» yarim himoyachisi Jeremi Boga A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzod qilib ko'rsatildi. U Italiya chempionatining mart oyidagi to'rtta o'yinida o'z hisobiga uchta gol yozdirib qo'ydi.
Unga hujumchilar Kinan Devis («Udineze»), Anastasios Duvikas («Komo») va Jovanni Simeone («Torino»), shuningdek, himoyachilar Evan Ndika («Roma») hamda Straxinya Pavlovich («Milan») raqobatchilik qiladi.
Ta'kidlanishicha, ushbu olti nafar futbolchi kengaytirilgan tahlil asosida tanlab olingan. Tizim nafaqat statistik ma'lumotlarni, balki pozitsion ko'rsatkichlarni ham hisobga oladi. Bu futbolchilarning to'psiz harakatlanishi va maydondagi qarorlarini tahlil qilish orqali ularning harakatlariga xolis baho berish imkonini beradi.
