logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yana bir taniqli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olishi mumkin

 26 MART, 2026, 22:48

“Manchester Yunayted”ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. 34 yoshli futbolchiga “Al-Ittihod” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaning ta'kidlashicha, ushbu transferning amalga oshishi jamoaning boshqa bir braziliyalik a'zosi — Fabinoning kelajagiga bog'liq. Fabinoning amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi va agar u jamoani tark etsa, “Al-Ittihod” uning o'rnini Kazemiro bilan to'ldirishni rejalashtirgan.

Ma'lumot uchun, Kazemiro joriy mavsum “mankunianliklar” safida barcha turnirlar doirasida jami 36 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Tajribali yarim himoyachining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi kelishuvi iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Katta ehtimol bilan tomonlar hamkorlikni uzaytirmaydi va futbolchi erkin agent sifatida klubdan ketadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ