logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Ularga yordam bermaymiz": "Bavariya" prezidenti "Liverpul"ning transfer rejalari ustidan kuldi

 26 MART, 2026, 22:24

«Bavariya» boshqaruv kengashi a'zosi Uli Xyoness vinger Maykl Olise atrofidagi transfer mish-mishlariga munosabat bildirdi. Avvalroq Olise «Liverpul» radarida ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

«Olise «Liverpul»gami? «Liverpul» 500 million evro sarfladi va juda yomon mavsumni o'tkazmoqda. Shunday ekan, biz keyingi mavsumda ularga yaxshiroq ishtirok etishlari uchun yordam bermaymiz», — deya Xyonessning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Maykl Oliseni 140 million evroga baholamoqda. 24 yoshli Olisening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

2025/2026 yilgi mavsumda Olise 39 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va sheriklariga 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ