logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe Arbeloaning qarori bo'yicha izoh talab qildi

 26 MART, 2026, 22:06

O'tgan dam olish kunlari bo'lib o'tgan derbida «Real» jamoasi «Atletiko»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Hujumchi Kilian Mbappe uchrashuvning ikkinchi bo'limida zaxiradan maydonga tushdi.

The Touchline nashrining Tiempo de Juego’ga tayanib xabar berishicha, Mbappe «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning qarorini tushunmagan. Frantsiyalik futbolchi o'yin oldidan asosiy tarkibga kiritilmaganini bilgach, shaxsiy suhbatda Arbeloadan buning sababini so'ragan.

Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe avvalroq tizzasidagi muammo tufayli bir qator o'yinlarni o'tkazib yuborgan edi. Safga qaytganidan so'ng, u «Manchester Siti» va «Atletiko»ga qarshi bahslarda zaxiradan maydonga tushdi.

Hozirda «Real» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ