logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vlaxovichning kelajagi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi

 26 MART, 2026, 21:54

Matbuotda hujumchi Dushan Vlaxovichning kelajagi borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Transfer News Live nashrining La Gazzetta dello Sport’ga tayanib xabar berishicha, «Yuventus» Vlaxovich bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Vlaxovichning «Yuventus» bilan amaldagi mehnat shartnomasi atigi uch oydan keyin — iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Voqealar rivoji 26 yoshli serbiyalik futbolchi Turinning top-klubidagi faoliyatini davom ettirishiga qarab bormoqda.

Dushan Vlaxovich 2022 yil yanvar oyi oxirida «Fiorentina»dan «Yuventus»ga o'tgan edi. O'shandan beri hujumchi 163 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 64 ta gol va 16 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Hozirda «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ