logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maguayr "Manchester Yunayted" uchun "katta yoz"ni kutmoqda

 26 MART, 2026, 18:48

«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr klub uchun yozgi mavsumlararo tanaffusdan nimalar kutayotgani haqida gapirib o'tdi.

«Bu katta o'zgarishlar yozi bo'ladi — biz «Manchester Yunayted»da buni tushunib turibmiz. Boshqaruv tuzilmasida jiddiy o'zgarishlar kutilmoqda. Klub rahbariyati to'g'ri qarorlar qabul qilishiga ishonchim komil», — deya Maguayrning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Xarri Maguayrning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Avvalroq 33 yoshli futbolchi «qizil iblislar» bilan shartnomani uzaytirishga yaqin ekanligi haqida xabar berilgan edi.

«Manchester Yunayted» 31 turdan so'ng Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ